HASAN XUDOYBERDI OʻGʻLI

HASAN XUDOYBERDI OʻGʻLI

HASAN XUDOYBERDI OʻGʻLI (1890 — Namangan — 1938) — oʻzbek xalq ertakchisi. Yoshligida otasi vafot etib, boylar eshigida qarollik qilgan. Namanganlik usta Esondan er-taklar oʻrganib, xalq orasida aytib yurgan. 1917-y. dan Namangan t. y. boshqarmasida ishchi boʻlib ishlagan. Hasan Xudoyberdi Oʻgʻlidan «Bulbuligoʻyo», «Malikai Husno-bod», «Kambagʻal qiz», «Kambagʻal qashshoq», «Uch yolgʻonda qirq yolgʻon», «Ozoda chehra» va b. mashhur ertaklar yozib olingan va nashr etilgan. Hasan Xudoyberdi Oʻgʻli aytish usuli, mahorati, ertaklarining ijtimoiy va badiiyestetik ahamiyati jihatidan mumtoz ertakchilar qatorida turadi.

Ensiklopediya.uz
HASAN XUDOYBERDI OʻGʻLI