HASAN IBN SOHIB

HASAN IBN SOHIB

HASAN IBN SOHIB ash-Shoshiy (Abu Hasan ibn Sohib ibn Hamid al-Hofiz al-Shoshiy) (? — 986) — muhaddis, hofiz. Shoshda tugʻilib oʻsgan. Ilm talabida Xuroson, Iroq, Shom, Haramayn (Makka va Madi-na), Yaman, Misrdagi allomalardan hadislar eshitgan. «Tarixi Bagʻdod» asarida Hasan ibn sohib ibn S. Xuroson shaharlari, Iroq, Hijoz, Shom haqida maʼlumotlar yozganligi qayd etilgan. 983-y. Bagʻdodga kelib Ali ibn Xash-ram, Isʼhoq ibn Mansur, Abu Zurʼa arRoziy, Amir ibn Abdulloh alUdiy, Muhammad ibn Avf al-Xim-siy, Abdo ibn Sulaymon al-Basriy, Iso ibn Gʻiylon, Xubayra ibn al-Hasan az-Zohid, Muhammad ibn Abdulaziz addaynuriy va b. dan hadis rivoyat qilgan. Oʻz navba-tida Hasan ibn sohib ibn S. dan Abu Bakr Muham-mad ibn al-Juʼabiy, Muhammad ibn Ismoil alVarroq, Abu Bakr Qaf-fol ash-Shoshiy, Abu ali al-Hofiz, Muhammad ibn alMuzaffar va b. hadis rivoyat qilishgan. «Tarixi Bagʻ-dod» («Bagʻdod tarixi»), «Tabaqot al-huffoz» («Hofizlar tabaqalari»), «Tazkirat al-huffoz» («Hofizlar taz-kirasi»), «al-Ansob» («Nasabnoma»), «Siyar aʼlom an-Nubald» («Olijanob allomalar siyratlari»), «al-Irshod» («Toʻgʻri yoʻl») kabi arab manbalarida Hasan ibn sohib ibn S. «Hofiz» deya hurmat bilan tilga olinib, ishonchli muhaddis sifatida eʼtirof etilgan.

Ensiklopediya.uz
HASAN IBN SOHIB