HARBIYLARNING FARZANDLARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. haqida to’liq ma’lumot oling

HARBIYLARNING FARZANDLARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. haqida to’liq ma’lumot oling

HARBIYLARNING FARZANDLARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.

⚡️SAVOL;
Turmush o‘rtog‘im IIB da ishlaydi. Bizni farzandlarimizga mahalladan bola puli beriladimi ?

⚡️JAVOB;
Hukumatning 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 4-bobida oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashni rad etish asoslari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlash rad etilishi ko‘rsatilgan.

❗️Yuqoridagi asosga ko‘ra, bolalar nafaqasini olish uchun mahallaga ariza bergan taqdiringizda xam Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan farzandlaringizga bolalar nafaqasi tayinlash rad etiladi.

Malumotlar
HARBIYLARNING FARZANDLARIGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.