Harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi

Harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi

Harbiy kiyim-boshni yaratish bo‘yicha ishlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriyada sohaning malakali xodimlari ishtirokida ish olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun dastlabki namunadagi harbiy kiyim-bosh hamda farqlovchi belgilarning (atributikalar) eskiz loyihalari tayyorlandi.

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun maxsus xizmat kiyimlari joriy qilindi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi sa`y-harakatlari bilan yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi “NURAFSHON AVTOTRANS SERVICE” unitar korxonasi, “Davron Imron Trans” MChJ, “Foton Avtotrans” MChJ va “Bagema Trans” MChJ tomonidan Toshkent viloyatida na`muna sifatida avtobus va mikroavtobus haydovchilari maxsus xizmat kiyimlari bilan to`liq ta`minlandi, deya xabar beradi Vazirlik Axborot xizmati.

Mazkur qaror yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish, haydovchilarning madaniyatli xizmat ko`rsatishini tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Hozirda, Toshkent viloyatidagi qolgan barcha yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar haydovchilari ham ish faoliyati davomida maxsus xizmat kiyimlari bilan harakatlanishi, avtobuslarning toza va ozoda saqlanishi, haydovchilarning muomala madaniyatiga rioya etgan holda yuqori saviyadagi xizmat ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Maxsus xizmat harbiylarining kiyimi

Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:

tantanali formali kiyim-bosh — rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida;

dala formali kiyim-bosh — o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni o‘tkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;

maxsus formali kiyim-bosh — vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan;

identifikatsiya raqamli metall jetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni — Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.

Mazkur tartib 2020 yilning 1 yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qolinadi:

kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari xodimlari;

faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati bo‘linmalari xodimlari;

bo‘linmalarning sohasidan qat’i nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.

IIVga ommaviy va qishloq xo‘jaligi tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash, yo‘l-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni o‘tashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.

IIV va DBQ oliy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ta’lim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.

O‘zbekistonda harbiylarning yangi dizayndagi kiyim-boshlari yaratilmoqda (foto)

Foto: «Uza.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi ko‘rinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Qayd etilishicha, Prezidentning harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha bergan topshiriq va tavsiyalariga binoan 2018 yilning dekabr oyida harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi shakllantirildi.

Mazkur guruhga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ma’sul xodimlari boshchiligida Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, «Istiqlol» dizayn markazi mutaxassislari, malakali dizayner va olimlar, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va ekspertlari jalb qilingan.

Foto: «Uza.uz»

– Harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh ishlab chiqish jarayoniga g‘oyat katta mas’uliyat bilan jiddiy va puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlagan holda yondashilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Rustam Mahmudov.

Foto: «Uza.uz»

Harbiy kiyim-boshni yaratish bo‘yicha ishlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriyada sohaning malakali xodimlari ishtirokida ish olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun dastlabki namunadagi harbiy kiyim-bosh hamda farqlovchi belgilarning (atributikalar) eskiz loyihalari tayyorlandi.

Foto: «Uza.uz»

Hozirda qayd etilgan barcha fikr va tavsiyalarni hamda kamchiliklarni inobatga olgan holda ishchi guruh tomonidan harbiy xizmatchilar va soha xodimlari kiyim-boshlarining dastlabki eskizlari va dizaynlari ishlab chiqilgan.

Foto: «Uza.uz»

Yaratilgan kiyim-boshlarning birlamchi namunalari harbiy qismlarda ilk qo‘shinlar sinovidan (aprobatsiyadan) o‘tkazilishi, bunda soha vakillari, harbiy xizmatchilar, yoshlar, xalq, keng jamoatchilikning fikrini chuqur o‘rganish, tahlil etish, taklif va mulohazalarni umumlashtirib, shundan so‘ng harbiy kiyim-boshlarni keng assortimentda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Qiziqarli malumotlar
Harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi