HARBIY QASAMYOD

HARBIY QASAMYOD

HARBIY QASAMYODqurolli kuchlar safiga kirayotgan har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonun talablariga binoan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga beradigan tantanali vaʼdasi (qasami). Aksariyat davlatlar qurolli kuchlarida qadimdan mavjud. Xususan, Harbiy qasamyod qabul qilish oʻtmishda Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur armiyalarida ham boʻlgan. Harbiy qasamyod mazmuni xalqning urf-odatlari, anʼanalari bilan bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
HARBIY QASAMYOD