HARBIY OʻQUV YURTLARI

HARBIY OʻQUV YURTLARI

HARBIY OʻQUV YURTLARI — qurolli kuchlarning barcha turlari, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar uchun kadrlar tayyorlovchi oʻquv muassa-sasi. Oʻzbekiston Respublikasida harbiy oʻquv yurtlariga harbiy akademiya, oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy kasbga yoʻpaltiruvchi litseylar, fu-qarolik oliy oʻquv yurtlarining harbiy f-tlari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligining aka-demiyasi, Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qoʻmondonmuhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil bilim yurti, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalar un-tining maxsus f-ti, Toshkent texnika bilim yurti, Yongʻin xavf-sizligi oliy texnika maktabi, serjantlar tayyorlash maktablari hamda fuqarolik oliy oʻquv yurtlarining harbiy f-tlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ensiklopediya.uz
HARBIY OʻQUV YURTLARI