HARBIY MUSIQA

HARBIY MUSIQA

HARBIY MUSIQA — qoʻshinlarning harbiy mashq va tarbiya jarayonlari, tantanali (parad, koʻrik) va b. tadbirlarda qoʻllanadigan musiqa asarlari. Harbiy orkestr hamda ayrim harbiy sozanda (asosan, fanfara, truba, baraban ijrochi)lar tomonidan chalinadi. Oʻtmishda jangovar harakatlarda, qoʻshinlarni boshqarish, signal berish maqsadida ham qoʻllangan. Oʻrta Osiyoda karnay, surnay, nogʻoralarda zarbulfath (gʻalaba usuli)da kuylar, «Sarbozcha», «Usmoniya», «Askariy» kabi cholgʻu kuylar chalingan. Asosiy janrlar tarkibi — qoʻmondonlarni qarshi olish, saf tortish, yurish va motam marshlari, soqchilarni koʻrikdan oʻtkazish uchun va b. cholgʻu kuylar, shuningdek, harbiy (safda aytiladigan) qoʻshiq va b. dan iborat.

Ensiklopediya.uz
HARBIY MUSIQA