Har xil topishmoqlar

Har xil topishmoqlar

Har xil topishmoqlar

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoda to‘rt narsa yo‘q.
(Ko‘rpaning yengi, Chumchuqnipg suti, Hovuzning qopqog‘i, Toshning tomiri yo‘q)

Tog‘da turar,
Bog‘da bo‘lar,
Suvda suzar,
Kulda kular.
(Kaklik, bulbul, baliq, bodroq)

Tog‘ni talaydi,
Elni elaydi,
Jarni jalaydi,
Suvni suvlaydi.
(Jala, shamol, kaltakesak, ilon)
unnamed 2
Ikki boshli, to‘rt oyoqli,
Ikki oyoqli, to‘rt quloqli,
Orqasida bir dumi bor.
(Ot, otga mingan odam)

Chiroq tubi yiltiroq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Qamish boshi qaltiroq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Suv ichida birqilloq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Qora yog‘och putoqsiz.
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Bovlon qo‘zi suyaksiz,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
(Yashin, nayza, qurbaqa, soch, ona siynasi)

Keragada kerkildak,
Ul nimadi, bog‘lonto‘z?
Bo‘sag‘ada bo‘rqillaq,
U nimadi, bog‘lonto‘z?
Chang‘aroqda charqilloq,
U nimadi, bog‘lonto‘z?
(Elak, it, chumchuq)

Ola laylak, bula laylak,
Qanoti beqora laylak,
Chiqadi gumbaz ustiga,
Uradi beqaqa laylak.
(Domlaning azon aytishi)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas,
Burunga kirmay qolmas.
(Is, hid)

Eski-eski choponim,
Esimdan chiqmas choponim,
Janda-janda choponim,
Yonimdan ketmas choponim.
(Soya)

Hamrohim bor befoyda,
Qo‘ymas yolg‘iz yer, soyda.
Quvalasam, ketmaydi,
Savalasam, o‘tmaydi.
(Soya)

Har xil topishmoqlar