HAQQULOBOD
HAQQULOBOD — Namangan viloyati Norin tumanidagi shahar (1974-y. dan), tuman markazi. Viloyatning sharqida. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Namangan sh.) gacha 40 km. Aholisi 27,5 ming kishidan ziyod (2005). «No-rintola» paxta tozalash z-di, non mahsulotlari i. ch. korxonalari, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik f-kalari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, mik-rofirmalar, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsa-tish shoxobchalari bor. Toʻqimachilikka ixtisoslashgan Oʻzbekiston—Litva «Klayna-Tekstil», «Haqqulobod-PIK» qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. Milliy hunarmandchilikning kosibchilik, zardoʻzlik va b. sohalari rivojlangan.
Ensiklopediya.uz
HAQQULOBOD