HAMROYEV Najim Rahimovich

HAMROYEV Najim Rahimovich

HAMROYEV Najim Rahimovich (1933.10.1, hoz. Navoiy viloyati Karmana sh.) — muhandis gidrotexnik-meliorator olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi akad. (1991), VASXNIL (1983), 1991-y. dan Rossiya Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi, texnika fanlari d-ri (1983), prof. (1991). Mehnat Qahramoni (1981). Oʻzbekistonda (1983), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1979), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1977). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1957). «Oʻzbekgidroenergoqurilish» trestida muhandis (1958), Xish-rov GES qurilishi bosh muhandisi, qurilish boshligʻi (1959-60), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Ishlar boshqarmasi qurilish boʻlimida katta referant (1960—62), Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-63), Amu-Bu-xoro mashina kanali qurilishi boshqarmasi boshligʻi (1963—65), OʻzSSR ministrlar Soveti Suv qurilishi bosh boshqarmasi boshligʻi (1965 — 71), SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bosh boshqarmasi («Glav-sredazirsovxozstroy») boshligi (1971—85); Oʻzbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish Kengashida boʻlim mudiri (1985—90), Oʻzbekiston Suv qurilishi davlat qoʻmi-tasi raisining birinchi oʻrinbosari (1990—91). Oʻzbekiston FA Suv muam-molari in-ti direktori (1991—96), bosh ilmiy xodim (1998—2002), ilmiy maslahatchi (2002-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi bosh direktori (1997-98).

Ensiklopediya.uz
HAMROYEV Najim Rahimovich