HAMIDOVA Manzura Hamidovna
HAMIDOVA Manzura Hamidovna (1921.19.1, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari d-ri (1965). ToshTIning davolash f-tini tugatgach (1940), Toshkent viloyati Boʻka tumani Kerovchi qishloq vrachlik uchastkasi mudiri (1940—42), Toshti f-t terapiya klinikasida ordinator (1942—46), Oʻrta Chirchiq r-n kasalxonasida bosh vrach (1946 — 49), ToshTI f-t terapiya kafedrasida aspirant (1949—52), Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti terapiya kafedrasida assistent (1953-58), dotsent (1958-65), prof. (1965—67), kafedra mudiri (1967 — 92); 1-shahar klinik kasalxonasi ichki kasalliklar boʻlimida prof.-konsultant (1992—2000). Ilmiy ishlari jigar, yurak, oʻpka kasalliklari, revmatizmni davolash va diagnostikasi hamda yurak-oʻpka yetishmovchiligining rivojlanish mexanizmlarini oʻrganish, davolash va b. masalalarga oid.
Ensiklopediya.uz
HAMIDOVA Manzura Hamidovna