Hamid Olimjon tavalludga bag’ishlangan tadbir senariysi
Hamid Olimjon tavalludga bag’ishlangan tadbir senariysi
DO`STLARGA ULASHING:
Hamid Olimjon tavalludining 100 yilligi
“Bu bo’ston sahnida gul ko’p , chaman ko’p ” — degan edi alloma shoirlarimizdan biri . Haqiqatdan ham bugungi o’zbek sh’eriyatini baxt va shodlik kuychisi , serqirra shoir Hamid Olimjon ijodisiz tasavvur etish qiyin .
Hamid Olimjon o’ziga xos ovozi , betakror she’riyati , o’lmas asarlari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan beqiyos ijod sohibidir .
Shu kunlarda ulkan shoir Hamid Olimjon haqida juda ajoyib qimmatli fikrlar aytilib , adib tavalludining 100 yilligi respublikamiz bo’ylab keng nishonlanmoqda .
Yuksak iste’dod egasi Hamid Olimjonning asarlari o’zbek adabiyotining o’lmas asarlaridir . Biz shoir ijodini qancha ko’p mutolaa qilsak shuncha ko’p zavq-shavq olamiz . Bugun shoirimizning ijod namunalari bo’yicha VIII sinf o’quvchilari kichkina tadbir tayyorlashgan . Tadbirimizga ishtirok etayotgan ustozlar va she’riyat ixlosmandlariga tashakkurlar aytamiz va so’zni o’quvchilarimizga beramiz .
Boshlovchi :
Gul ochilar bahor chog’ida
Va to’lishar ona bog’ida ,
Ona sevmas , farzand topilmas .
Farzand yo’qdir onani sevmas ,
Farzand guldir , ona bir bo’ston .
Shuning uchun jahon guliston
Hamid Olimjon hayoti va ijodi bo’yicha ma’lumotlar beriladi .
Boshlovchi :
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi .
Novdalarni bezab g’unchalar ,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini
Har bahor ham shu bo’lar takror ,
Har bahor ham shunday o’tadi .
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni tashlab ketadi .
Boshlovchi :
Rozimasman bir yosh tomsa ko’zimdan
Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan
Yo’l oshsam-u sal yashashdan adashsam
Rozimasman unda tamom o’zimdan
Boshlovchi :
beramiz .
Boshlovchi :
Hamdam bo’lding men bilan ,
Har qandayin kunlarda
Yulduz bo’lding charog’on
Eng qorong’u tunlarda
Suhbat qurdik goh shodon
goho hazin unlarda
eng oily baxtim mening
onajonim she’riyat
topgan toj-toatim mening
jonajonim she’riyat
Boshlovchi :
Sevgi desam faqat sen desam ,
Sening bilan yashasa qalbim
Sen desamu butun dunyoning
Sevishiga quloq solsam jim
Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon ” dostonidan sahna ko’rinishi .
Boshlovchi :
Hamid Olimjonning she’rlari musiqiyligi , o’ynoqiligi , ravonligi bilan ajralib turadi . Uning “O’zbekiston ” , “O’rik gullaganda ” , “Xolbuki but un ” , “Kuygay ” , “Sevgi ” singari o’nlab she’rlari , “Zaynam va Omon ” dostoni , “Oygul bilan Bahtiyor “ , “Semurug’ ” ertagi badiiy latofati bilan o’quvchilarning mehrini qozongan .
Shoir mumtoz adabiyotda ham o’z ijodini sinab ko’rib chiroyli g’azallar yoza oldi.
Na bo’lgay bir nafas men ham yanoging uzra xol bo’lsam ,
Labing yaprog’idan tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam
Butog’ingga qo’nib bulbul kabi xonish qilib tunlar
O’pib g’unchangni ochmoqlikka tong chog’I shamol bo’lsam
Bo’yingni tarqatib olamni qilsam masti mustag’riq
O’zimning san’atimga so’ng o’zim hayratda lol bo’lsam
Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg’iz
O’zimni ham topolmay mayliga oxir xayol bo’lsam
Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga
Fido jonimni qildim yo’lingga , mayli uvol bo’lsam
Boshlovchi :
Raqs VIII – sinf qizlari ijrosida tomosha qiling
Boshlovchi :
Shuning bilan baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon tavalludining
100 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirimiz nihoyasiga yetdi .
bo’yicha director o’rinbosari Nurillayeva Fotima opaga beramiz .
Hamid Olimjon tavalludga bag’ishlangan tadbir senariysi