HALOL VA HAROM

HALOL VA HAROM

HALOL VA HAROM — ijobiy yoki salbiy deb baholanadigan diniy, axloqiy-huquqiy normalar. Halol («erkin», «bogʻlanmagan») — shariatda musulmonlar uchun ruxsat etilgan xatti-harakatlar va ishlar, toza va pok hisoblangan oziq-ovqatlar. Qurʼ-on va hadisga koʻra, suv, sut, non, meva va uning sharbatlari, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib soʻyilgan halol hayvonlar va halol qilingan taomlar, kiyishga ruxsat berilgan kiyimlar haloldir. Halol mehnatdan topilgan mulk, meros, hadya qilingan narsa, ikki tomon roziligi bilan boʻlgan tijorat tufayli qoʻlga kiritilgan mablagʻ halol boʻladi. Shariatda halol hisoblangan narsani harom degan odam kofir hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
HALOL VA HAROM