Halima Xudoyberdiyeva (1947)

Halima Xudoyberdiyeva (1947)

Halima Xudoyberdiyeva (1947)

Mundarija скрыть
Halima Xudoyberdiyeva (1947)
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tugʻildi. Ikki yoshida onasidan ayrilib, xolasi Qarshigul Xonnazar qizi tarbiyasida qoladi.
“Es-es bilaman, – deydi Halima. – Qarshigul aya kechalari chiroq yorugʻida qarsillatib savagʻich solib, pat toʻqir, men u kishining yonida oʻtirib, basma-bas patning turini chalishardim. Pat gilam gulining biror joyi buzilmay chiqayotganini koʻrib onam “oʻzimni chevar qizim” deb peshonamdan oʻpib qoʻyar, koʻngillari iyib ketsa, boshidan kechgan bir-yarim voqealarni hikoya qilib berardilar…”.
Halima Xudoyberdiyeva Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da (1968–1972), Moskvadagi M. Gorkiy nomli Oliy adabiyot kursida (1975–1977) tahsil oldi.
“Saodat”, “Guliston” jurnallarida, hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Yozuvchi” nashriyotlarida turli lavozimlarda xizmat qildi.
Halima Xudoyberdiyevaning “Ilk muhabbat” nomli birinchi kitobi 1968 yilda bosilib chiqdi. Shundan soʻng shoiraning “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch togʻlarim” (1976), “Bobo quyosh” (1977), “Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983), “Muqaddas ayol” (1987), “Yuragimning ogʻriq nuqtalari” (1991), “Hurlik oʻti” (1993), “Bu kunlarga yetganlar bor” (1994), “Toʻmarisning aytgani” (1996) kabi yigirmadan ortiq sheʼriy majmualari, dostonlari va maqolalar toʻplamlari nashr etildi.
Halima Xudoyberdiyeva sheʼriyatining mavzu va maʼno koʻlami keng, teran. Uning sheʼrlarida ona Vatan, ota-ona, ayol va bola mavzulari ustuvorlik qiladi.
U tarjimon sifatida Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov kabi qardosh xalqlar shoirlari asarlarini ona tilimizga oʻgirdi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 1990 yilda “Muqaddas ayol” sheʼriy toʻplami uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Shoira 2017 yil mayida oʻzbek sanʼati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy gʻoyalar, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga katta hissa qoʻshgani, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobi asosida tayyorlandi.

Halima Xudoyberdiyeva (1947)