HAKIMXOʻJA QOZIKALON

HAKIMXOʻJA QOZIKALON

HAKIMXOʻJA QOZIKALON (1802 — Toshkent — ?) — Toshkentning soʻnggi qozikaloni. 1865-y. da Rossiya qoʻshinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan egallangach, Hakimxoʻja qozikalon Abulqosim eshon, domla Solihbek oxund singari nufuzli kishilar bilan M. T. Cher-nyayev qarorgohiga borib Toshkent sh. ni idora etish xususida u bilan muzokara olib borgan (1865-y. 12 iyul). H. q. hamma masalada oʻz xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma tuzilishiga sababchi boʻlgan. 1866-y. Turkiston viloyati harbiy gubernatori general Romanovskiy nomiga laganbardorlar muhri bosilgan tavsifnomaga imzo chekmagani tufayli general bilan munosabati yomonlashgan.

Ensiklopediya.uz
HAKIMXOʻJA QOZIKALON