HAJM
HAJM (matematikada) — geo-metrik jismlarning sonli xarakteristikalaridan biri. U chekli sondagi birlik kublarga ajratish mumkin boʻlgan jismlar uchun shu kublarning soniga teng. Qadimda prizma shaklli toʻsinlar, silindr, toʻliq hamda kesik piramida va b. ning Hajm larini hisoblashni bilishgan. Arximed ixtiyoriy yuza va Hajmni aniqlash mumkin boʻlgan umumiy usulni topgan. Arximed gʻoyalari integral ^sksobning asosini tashkil etgan. U oʻzining usullari yordamida koʻhna mat. da oʻrganilgan deyarli hamma jismlarning yuzalari va Hajm larini aniqlagan. Jism H. iga matematik jihatdan taʼrif berish va uni hisoblash formulasining yaratish masalasi yassi figura yuziga doir muhokamalardan farq qiladi; har qanday (yassi) figurani toʻgʻri chiziqlar kesib, uni kvadratchalarga ajratish mumkin, ammo ixtiyoriy koʻp yoqlikda bu usul bilan kub hosil qilish mumkin emas. Yevklid uch yoqli piramida Hajm iga taʼrif berish va uni hisoblash uchun piramidaga cheksiz ichki prizmalar chizish usulini qoʻllagan. Uch oʻlchamli jismlar Hajmi quyidagi xossalarga ega:
Ensiklopediya.uz
HAJM