Haj ibodatini ado etish uchun qanday talablar qo‘yilgan? haqida to’liq ma’lumot oling

Haj ibodatini ado etish uchun qanday talablar qo‘yilgan? haqida to’liq ma’lumot oling

Haj ibodatini ado etish uchun qanday talablar qo‘yilgan?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/816582149730315/) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov bu boradagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

1️⃣ “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish uchun yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun kunidan keyin tug‘ilgan insonlar kiradi.

❗️Yosh chegarasi bilan bog‘liq mazkur tartib – O‘zbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qat’iy talabi hisoblanadi.

2️⃣ Bo‘lajak hojilar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech, Oxford-AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson vaksinalarining to‘liq dozasini qabul qilgan bo‘lishlari shart;

3️⃣Barcha ziyoratchilar meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bo‘lishi zarur;

4️⃣ Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.

📆 O‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yilning 18-30 iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha haj safariga kuzatiladi hamda xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha 14-31 iyul kunlari qaytib keladi.

Malumotlar
Haj ibodatini ado etish uchun qanday talablar qo‘yilgan?