GYATSO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GYATSO haqida malumot bilib oling.

GYATSO Tenzin (1935.6.7, Takser qishlogʻi, Tibet) — 14 dalaylama. Dehqon oilasida tugʻilgan. 1940-y. 22 fev. da uni dalaylama taxtiga koʻtarish marosimi boʻlgan, soʻng oʻqish yillari boshlangan. Mantiq, tibet sanʼati va madaniyati, sanskrit, tibbiyot, budda falsafasi, shuningdek, sheʼriyat, musiqa, drama sanʼati, munajjimlik, notiqlik ilmini oʻrgangan. 24 yoshida iloqiyot dri darajasini olgan. 1956-y. Tibet milliy assambleyasining favqulodda sessiyasi diniy va dunyoviy hokimiyatni toʻlaligicha egallashni soʻrab Gyatsoga murojaat qildi. Xitoy armiyasi boʻlinmalari bilan Lxasa (Tibet) dagi mahalliy aholi oʻrtasida qurolli toʻqnashuv boʻlganda (1959) Gyatso qon toʻkilishining oldini olish uchun yurtidan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1960-y. dan buyon Hindistonda, Dxarmsala sh. da yashaydi. U quvgʻindagi «Tibet hukumati»ning boshligʻi hisoblanadi. Gyatso oʻnlab kitoblar yozgan. U oʻz asarlarida, chet ellarga safarlari chogʻida buddizmni, tibet madaniyatini, zoʻrlik ishlatmaslik, atrof muhitni ifloslantirmaslik goyalarini targʻib qiladi. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatgan faoliyati uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1989).

Ensiklopediya.uz
GYATSO