GVADELUPA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GVADELUPA haqida malumot bilib oling.

GVADELUPA — Fransiyaning Vest-Indiyadagi mulki. Shamolli o. lar guruhidagi yirik Gvadelupa o. va yondosh mayda orollar (Mari-Talant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Senmarten o. ning shim. qismi)dan iborat. Umumiy mayd. 1,8 ming km2. Aholisi 418 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari), asosan afrikaliklar va mu-latlar; qisman yevropaliklar. Maʼmuriy markazi — BasTer. Yirik shahri va porti — Puenta-Pitr. Rasmiy tilfransuz tili.

Gvadelupaning yer yuzasi asosan ohaktoshlardan tuzilgan plato va vulkanik massivlardan iborat. Soʻnmagan Sufriyer vulkani (bal. 1467 m) Kichik Antil o. laridagi eng baland choʻqqidir. Orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Iqli-mi tropik, passatli, issiq va sernam. Yiliga 1500—2000 mm yogʻin yogʻadi. Nam tropik oʻrmonlar bor (hududining 38%).

Gvadelupani 1493-y. da X. Kolumbkashf etgan. 1635-y. da fransuzlar bosib olgan. 1674-y. da rasman Fransiya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Gvadelupa 19-a. boshigacha fransuzlar bilan inglizlar oʻrtasida bir necha marta qoʻldan-qoʻlga oʻtib turdi. 1946-y. da G. Fransiyaning «dengiz ortidagi departamenta» makrmini oldi.

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda. Asosan mahsuloti eksport qilinadigan ekinlar: shakarqamish (ekin mayd. ning 50%), banan, kofe, kakao, shuningdek ananas, sitrus mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati q. x. mahsulotini qayta ishlaydi. Chetga shakar, banan, rom ichimligi chiqaradi. Chetdan tamaki, ichimliklar, sanoat xom ashyosi, yoqilgʻi, transport vositalari, uskunalar keltiriladi. Gvadelupa eksportining 75%i, importining 90%i Fransiyaga toʻgʻri keladi. Gvadelupa tabiat parki bor. Turizm rivojlangan. Pul birligi — fransiya franki.

Ensiklopediya.uz
GVADELUPA