GVADALAXARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GVADALAXARA haqida malumot bilib oling.

GVADALAXARA — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. Aholi soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda turadi; 1,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim t. i. va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Gʻarbiy Meksikaning iqtisodiy markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, kulolchilik kor-xonalari; un-t bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1571—1618), Santa-Monika cherkovi (1720—33) va b. saqlangan. Gvadalaxarani 1530-y. da ispanlar bunyod etgan va u Markaziy Amerikani mustamlakaga aylantirishda tayanch punktlaridan biri boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
GVADALAXARA