GUVOH haqida malumot bilib oling.
GUVOH (huqukda) — muayyan jinoiy yoki fuqarolik ishi uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan va guvohlik berish uchun sud yoxud tergov organlariga chakirilgan shaxs. G. qonunda belgilangan tartibda soʻroq qilinadi. U oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berishga, tergov va sudda band boʻlgani uchun ishlab turgan joyidan oʻrtacha ish haqi olishga, yoʻlkira va b. chiqimlarni undirib olishga haqli. Guvohning huquq va majburiyatlari OʻzR JPKning tegishli moddasida belgilangan. U koʻrganbilganlarini yashirmay, xolisona soʻzlab berishi lozim, aks holda OʻzR JK ning moddalariga binoan javobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari sababli voqealarni anglay va ifodalay olmaydigan shaxslar, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchining vakillari hamda himoyachilari shu ish boʻyicha Guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin emas.
Ensiklopediya.uz
GUVOH