GUTSUL OTI haqida malumot bilib oling.
GUTSUL OTI — yuk tortish va salt minishga moʻljallangan ot zoti. Karpat togʻlari kengliklarida qadimdan oʻtrokdashib qolgan ukrainlar (ruminlar ularni «gutsullar» deb ataydilar) tomonidan chiqarilgan. Turli xil ishlarda foydalanish mumkin. Togʻ sharoitiga oʻta moslashgan. 100—150 kg yuk bilan bir kecha-kunduzda togʻ yoʻllari orqali 100 chaqirim masofani bosib oʻta oladi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi. Jussasi kichikroq, tusi jiyron va malla, yagʻrin bal. 132—136 sm, tanasining uz. 137—145 sm, koʻkrak qafasi aylanasi uz. 154—160 sm, toʻpigʻi aylanasi 16—17 sm. Ukrainaning togʻli va togʻ oldi viloyatlarida, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya va Avstriyada urchitiladi.
Ensiklopediya.uz
GUTSUL OTI