GUSSERL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUSSERL haqida malumot bilib oling.

GUSSERL (Husserl) Edmund (1859.8.4, Prosnis, Moraviya — 1938.27.4, Freyburg, Breysgau) — nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi.

Freyburg un-tida prof. (1916). Avval arifmetikani mantiqiy asoslash bilan shugʻullandi, natijada koʻplik, birlik va son tushunchalarini joriy etdi. Gusserl falsafasining manbalari — Platon, Leybnis taʼlimotlaridir. Gusserl falsafani aniq fanga aylantirish, ilmiy bilimning sof mantiqini yaratishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Gusserl borlikdan ajratilgan «sof ong»ni va muayyan subyekt (individ) ongini ajratib koʻrsatishga harakat qildi. Uning nuqtayi nazaricha, bilishning predmeti, obyekti subyektning unga qaratilgan ongidan tashqarida mavjud boʻlmaydi. Predmet unga qaratilgan intuitsiya natijasida ochiladi (va yaratiladi). Haqiqat mezoni — subyektning shaxsiy kechinmalaridan iborat. Gusserl taʼlimoti ekzistensializm, falsafiy antropologiyaga taʼsir koʻrsatdi.

Ensiklopediya.uz
GUSSERL