GURXON haqida malumot bilib oling.
GURXON (turkcha va moʻgʻulcha «qur — gʻur» — majlis, qabilalar birlashmasi) — ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi baʼzi koʻchmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari boʻlgani uchun Gurxon unvoniga ega boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
GURXON