GUPTALAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUPTALAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

GUPTALAR DAVLATI — qad. hind imperiyasi (4 — 6-a. lar). Taxm. 320-y. Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II davri taxm. 380 — 414)da deyarli butun Shim. Hindiston va b. bir qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shim. garbiy chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. 5-a. oxiridan parchalana boshlagan. 6-a. boshida eftaliylar G. d. ning gʻarbiy qismini bosib olib, uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada 6-a. oxirida barham topgan.

Ensiklopediya.uz
GUPTALAR DAVLATI