GUNTEKIN Rashod Nuri haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUNTEKIN Rashod Nuri haqida malumot bilib oling.

GUNTEKIN Rashod Nuri (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul un-tini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari («Eski oshna», 1917; «Xanjar», 1918; «Sirli qoʻl», 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri «Choliqushi» (1922) romanida turk qishloQlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. «Tamgʻa» (1925), «Shafqat qiling», «Yashil tun» (1928), «Xazonrezgi» (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va b. romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Ensiklopediya.uz
GUNTEKIN Rashod Nuri