GUMILYOV Lev Nikolayevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUMILYOV Lev Nikolayevich haqida malumot bilib oling.

GUMILYOV Lev Nikolayevich (1912.1.10, Sarskoye Selo — 1992, SanktPeterburg) — tarixchi, etnolog va geograf olim. Rus shoirlari N. S. Gumilyov va A. Lxmatovalarning farzandi. Leningrad un-tini bitirgan (1946). 1930—50 y. larda taʼqibga uchrab, ikki marta qamalgan. Tarix fanlari dri (1961), geogr. fanlari dri (1974). 1961-y. dan Leningrad un-ti qoshidagi Geogr. ilmiy tadqiqot in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim. Inson va etnoslarning biologik ijtimoiy mohiyati haqidagi taʼlimot asoschisi; etnogenezning nasldan-naslga oʻtuvchi asosiy energetik belgisi passionarlik — biokimyoviy quvvat ortishi natijasida odamlardagi ongli biologik qobiliyatlarning nihoyat darajada kuchayishi gʻoyasini ilgari surgan. Bunday jarayonlarning namoyon boʻlishi tarixiy taraqqiyotga kuchli taʼsir koʻrsatadi.

Turkiy, moʻgʻul, slavyan va Yevrosiyodagi boshqa xalqlar tarixi haqida yirik tadqiqotlar yaratgan. Sharq tillarini mustaqil ravishda oʻrgangan. Asarlari koʻplab xorijiy tillarda nashr etilgan. Sobiq Shoʻro totalitar tuzumiga xos nohaq taʼqiblar Gumilyovni keng koʻlamda ilmiy faoliyat olib borishiga xalaqit bergan. Asarlari uzoq yillar bosilmay qolgan. Oʻzbek, tatar, pushtun, tojik, turkman, hind adabiyotidan koʻplab tarjimalar qilgan. YUNESKO yoʻli bilan arxeol. va tarix fanlari boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.

As: Xunnu. Sredinnaya Aziya v drevniye vremena, M., 1960; Podvig Baxrama Chubina, L., 1962; Otkrыtiye Xazarii (Istoriko-geograficheskiy etyud), M., 1966; Drevniye tyurki, M., 1967; Poiski vыmыshlennogo sarstva, M., 1970; Xunnы v Kitaye. Tri veka voynы Kitaya so stepnыmi narodami; M., 1974; Etnogenez i biosfera Zemli, M.-L., 1979, vыp. 1; vыp. 2, M.-L., 1980; vыp. 3, M.-L., 1980; Etnogenez i biosfera Zemli, L., 1989; Drevnyaya Rus i Velikaya step M., 1989; Geografiya etnosa v istoricheskiy period. L., 1990.

Ensiklopediya.uz
GUMILYOV Lev Nikolayevich