GUMANIZM haqida malumot bilib oling.
GUMANIZM (lot. humanus — insoniy) — odamlarga mehr-muhabbat b-n qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni rivojlantirishga gʻamxoʻrlik qilish (q. Insonparvarlik).
Tor maʼnoda — Uygʻonish davri (13 — 16-a. lar)da sxolastikaga va cherkovning maʼnaviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. Gʻarbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda Gumanizm ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, sanʼat va ilm-fanda katolitsizmga va shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilgʻor harakat edi. Gumanizm tarafdorlari oʻz zamonasining taraqqiyparvar kuchlari boʻlgan. Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilmmaʼrifat va hurriyat uchun, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar. Gumanizmning atoqli namoyandalari F. Petrarka, J. Bokkachcho, Leonardo da Vinchi, J. Bruno, T. Kampanella (Italiya), M. Monten, F. Rable (Fransiya), T. Mor, F. Bekon (Angliya), E. Rotterdamlik (Niderlandiya), N. Kopernik (Polsha) va b. edi.
Ensiklopediya.uz
GUMANIZM