GULUNGI LUCHCHAK haqida malumot bilib oling.
GULUNGI LUCHCHAK — xalq seleksiyasida yaratilgan ertapishar oʻrik navi. Oʻrta Osiyo oʻrik navlarining Zarafshon guruhiga kiradi. Daraxti oʻrtacha, yaxshi usadi. Mevasi yirik (40 g), yumaloq, yaltiroq, och-sariq, qirmizi rang. Poʻsti tuksiz, yaltiroq, oʻrtacha qalinlikda, eti kalin (9—10 mm), oʻrtacha suvli, shirin, xushboʻy, danagi 2,3 g. Qishki va baxrrgi sovuqlarga chidami oʻrtacha, yaxshi parvarishlanganda yuqori hosil beradi. Mevasi toʻkilmaydi, shoxida uzoq saqlanadi. Hatto qurgʻoqchilik yillarida ham yaxshi usadi va meva beradi. Koʻchati ekilgandan soʻng 6—7-yili hosilga kiradi. 18—20 yilda toʻla hosil bera boshlaydi (130 — 150 kg). Yil oralab meva beradi. Martning oxirida gullaydi (5—6 kun). Koʻrsodiq, Subxoniy navlaridan yaxshi changlanadi. Mevasi iyun oʻrtalarida pishadi. Hoʻlligicha isteʼmol etiladi, konserva qilinadi. Turshak solinmaydi. Tashishga chidami yaxshi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan.
Ensiklopediya.uz
GULUNGI LUCHCHAK