GULSAPSAR haqida malumot bilib oling.
GULSAPSAR (Iris sogdiana) — gulsapsardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Gulsapsar koʻp tarqalgan oʻsimlik boʻlib, uning bir necha yuzlab navlari mavjud. Ular gullarining rangi, hajmi va shaqli boʻyicha farqlanadi. Shulardan biri duragay G. dir. Uning boʻyi 30—50 sm. Barglari qilichsimon yoki keng-qalami, eni 1,3 sm. Gulqoʻrgʻoni yirik (diametri 8—15 sm), toʻgʻri, chiroyli, uzun bargsiz gulbandlarda bir nechta (5—9 ta) dan joylashadi. 2 — 3 guli bir vaqtda ochiladi, xushboʻy hidli. Rangi oq, sariq, pushti, xira qizil, zangori, binafsha va b. tusda boʻladi. Koʻsagi choʻziq, 6 qirrali, uz. 2—4 sm, uchida koʻsakning yarmiga teng keladigan tumshuqchasi bor. G. tarqalgan joyiga (dengiz sathidan qancha balandlikda joylashganiga) qarab apr. dan iyunning boshiga kadar gullaydi. Gulsapsar 3—4-yilda ildizpoyani boʻlib ekish yoʻli b-n hamda urugʻidan koʻpayadi (yovvoyi turlar). Bahorda — kuzda eqiladi. Gulsapsar adirlarda va togʻlarda, sernam yerlarda oʻsadi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan.
Ensiklopediya.uz
GULSAPSAR