Gullar va qushlar bayrami tadbir ssenariysi to’liq malumot oling
Gullar va qushlar bayrami tadbir ssenariysi
Mundarija
скрыть
GULLAR VA QUSHLAR BAYRAMI
Boshlang’ich sinq o’quvchilari bilan turli mavzularda tadbirlar o’tkazish ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishga, bolalarda narsa va voqealarga nisbatan qiziqishni kuzatish, izlanish va boshqa bilim malakalarini vujudga keltirishda juda katta yordam beradi.
Gullar va qushlar bayramini o’tkazishdan asosiy maqsad o’quvchilarda jonajon tabiatga muhabbat, xalqimizning qadimiy an’analariga hurmat xissini tarbiyalab borish. O’zbekiston tabiatida uchraydigan gullar va qushlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O’zbekiston Qizil kitobi , yo’qolib va kamayib borayotgan gullar va qushlar haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o’tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o’qituvchilar va boshlang’ich sinf o’quvchilari taklif etiladi.
Zal yoki maktab hovlisi “Gullar va qushlar bayrami” mavzusiga oid rasmlar, bahorda ochiladigan gullar, qushlarning tuliplari , o’quvchilarning mavzuga oid rasmlari , tabiat , uning go’zalligini asrashga da’vat etuvchi shiorlar , ekologiya va tabiat muhofazasiga doir ,turli-tuman gullar va qushlar haqida ma’lumot beruvchi bukletlar bilan chiroyli bezatiladi. Bayram jarchilarning chiqishi bilan boshlanadi.
1-jarchi: — Bolalar-u bolalar
2-jarchi: — Tog’da ochilgan lolalar!
1-jarchi: — Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: — Eshitganlar jilmanglar!
1-jarchi: — Bugun maktabimizda
2-jarchi: — Zo’r tomosha bo’ladi! — Ho-ho-hoy!
1-boshlovchi( qo’li ko’ksida ):
Bismillohdan boshlanadi a’molimiz ,
Assalomdan yorishadi jamolimiz
Do’stimizga aylantirar begonani ,
Assalomdan yetishadi kamolimiz .
2—Boshlovchi:
Ey,ozod yurtimning gulg’unchalari,
Sho’xu sayroqi bulbulchalari.
Bu kun davramizga aylang marhabo,
Tilga kirar tabiatning sho’x qushchalari.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum mehridaryo,qalbi keng muhtaram ustozlar-u, bilimga chanqoq, zukko aziz o’quvchilar! Mana, mustaqil Vatanimiz uzra fasllar kelinchagi bo’lmish bahor hamon davom etmoqda .
2—Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu yangilanish, yasharish demakdir. Bahor insonlar qalbiga quvonch, yuziga tabassum olib keladi. Bahor kirib kelar ekan, ona tabiat jonlanadi, daraxtlar qishki to’nini tashlab, bahor libosini kiyib, tabiat ko’rkiga yana ko’rk, husn qo’shadi. Issiq o’lkalarga uchib ketgan qushlar yana o’z yurtlariga qaytadilar.
2—Boshlovchi: Sizlarning barchangizga yaxshi kayfiyat tilagan holda davramizga bahoroy va uning elchilarini taklif etamiz.
Bahoroy va gullar kirib keladi
(Gulchambar taqqan Gulbahor siymosidagi qiz kirib keladi)
-Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, gulbahor keldi .
Chakkasiga qizil gul taqib,
Dilbar keidi gulchiroy keldi.
(Gulbahor o’zi bilan birga lola , boychechak va atirgullarni mehmonga olib kelganini aytdi)
Boychechak:
Hali erimasdan qor,
Dala qirda gul bahor.
Chiqdi mitti gul-chechak,
May elchisi boychechak.
Atirgul
Mana senga pushti gul,
Xohlasang oq gulga qo’n,
Atirgul ham go’zaldir,
Anor kiygan qizil to’n.
Lola
Lola kabi ochildi
Tomda ikki qizg’aldoq.
Tiz barobar o’tlardan
Terda lolaqizg’aldoq.
Hamma
Gul bu yaxshilikdan erur nishona,
Soflik do’tlik doim unga hamxona.
1-boshlovchi:
Bugun o’zgachadir jilvagar olam ,
Bugun o’zgachadir borliqda xanda,
Bugun ko’zlaringda kular quyosh ham ,
Shafaq gulshanida tarang chirmanda
2—Boshlovchi:
Bu tong egnida atlasdan ko’ylak ,
Harirga o’rangan qizlarday gulgun .
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qulida go’zaldir bu kun
Qo’shiq “Hey lola”
(O’quvchilar „Hey,lola“qo’shig’ini ijro etadilar ).
-Tom ustida nelar bor hey, lola ,
O’rdak bilan g’ozlar bor hey,lola
O’rdak ketib g’oz qolsin hey, lola
Dushman ketib do]st qolsin hey, lola
-Tom ustiga chiqaylik hey, lola
Suqsur kelsa otaylik hey,lola .
U suqsurning patina hey lolayey,
Qizlarimizga taqaylik hey, lola.
2—Boshlovchi:
She’rlar:
1-o’quvchi :
Bu yurt o’g’lonlari mehri butundir ,
O’tli qalblar yurtiga ishonch ustundir ,
Xush kelding ,bahorim,dillarga hamdam
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
2-o’quvchi:
Chechaklar barq urib, keldi bahorim,
Don-dunim, osh nonim ham rizqu ro’zim,
Jahonga tik boqqan sen , qora ko’zim,
Xushkelding bahorim , dillarga hamdam,
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
3-o’quvchi:
Lolazor bo’lar qirlar,
Dalalar-u bog’lar ham.
Baxtiyorlik timsoli.
Gulga dildan extirom.
4-o’quvchi:
Atirguli chinni gul,
Nastarinlar ochilgan.
Yo’lning ikki yoniga
Baxmal gilam to’shalgan.
5-o’quvchi:
Raxmat deydi keksa yosh,
Gul o’stirgan kishiga.
Axdimiz maqsadimiz,
Yordam bermoq ishiga.
6-o’quvchi:
Marxabo aziz do’stlar,
Quvonchlik gul bayramga
Iliq tabassumingiz,
O’xshab ketadi gulga.
Ola hakka. Kakku.
Uchar par-par ola hakka, Nima ekan bu qush nomi,
Daraxtzor-u chakalakda. Sevar to’qay o’rmonni.
Qo’nar o’ynab butoqqa, Qo’shiq aytarkan kak-ku,
Alanglaydi har yoqqa. Shu sababdan nomi kakku.
Ukki. Mayna.
Qushlar qo’shig’i ukki, Satang qushcha mayna qush,
Qayrilma tumshuq dukki. Chorbog’imda sayrar xush,
Ko’zi yonar olovdek, Parlari qora baxmal,
Kalamushni ov qilar, Tergandek tillo zarhal.
Tekinxo’rni daf qilar. Oshaman deb bulbuldan,
Mayna deb olgan shundan.
Kaklik.
Tog’ tovug’i go’zal kaklik,
Oyoqlari po’paklik.
Qizil tumshuq, qizil ko’zlik,
Patlari mayin, kulrang ko’xlik.
Raqs “Qaldirg’och”
1-boshlovchi:
Tabiatda bugun o‘tli uyg‘onish,
Nur bilan kiradi dilga orzular.
Yuraklar shodlikdan etadi xonish,
Labdan labga ko‘char mayin kulgular.
2-Boshlovchi:
Quyosh kirib kelar har xonadonga,
Barobar ulashar yog‘dusin bugun.
Quyosh tabassumi etar jahonga,
Ushalar dildagi orzular bugun
2-Boshlovchi: : Marhamat tinglang va eslab qolishga xarakat qiling !
Ma’lumotlar: 6 ta o’quvchi gullar, 6 ta o’quvchi qushlar haqida ma’lumot beradi.
Raqs : Yakkaxon
1-boshlovchi: Prezedentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov biz o’quvchilarning ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda . Jumladan boshlangich sinflardayoq chet tillarini mukammal o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
2-boshlovchi: Keling, shu gaplarimizning isboti sifatida o’quvchilarimizdan ingiliz va rus tillarida bahorni madh etuvchi she’rlardan tinglasak marhamat!
She’rlar: 4 ta o’quvchi rus tilida, 4 ta o’quvchi ingiliz tilida she’rlar aytadi .
1-boshlovchi
Ey menga ertaklar so‘ylagan zamin
Ergashib izingdan qolmasman sening
O‘zgalar naznida bog‘I eramni
Jiydang yaprog‘iga olmasman sening
Vatan qayda bo‘lmay sen hamrohimsan
Bobolarim yotar zajdagohimsan
2—Boshlovchi:
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo’shqin zabardast.
O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
1-boshlovchi: Bahor faslida biz nafaqat go’zal bayramlarimiz balki buyuk shoir va shoiralarimizning tavvalud ayyomlarini ham nishonlaymiz .
2—Boshlovchi: Jumladan, 1-mart bahorning ilk kunida atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim , 26-aprel kuni o’zbek adabiyotining zabardast shoiri Muhammad Yusuf tavvallud topgan kun . Keling, fursatdan foydalanib ular ijodidagi bahor, tabiat va ayolni tarannum etuvchi she’rlardan bahramand bo’lsak , marhamat!
She’rlar
Raqs “ Dutor”
2—Boshlovchi: Bayramimiz yanada quvnoq o’tishi uchun keling , bolajonlar , “ Gul bazmi “ aytishni boshlaymiz,Qani davrani kengroq olinglarchi .
Gul bazmi
1- o’quvchi :
Gul berdim siz uchun ,
O’ynab beray siz uchun.
2- o’quvchi :
Gul brgan qo’llqringdan ,
Aylanayin bo’ylaringdan ,
3- o’quvchi :
Bollagim gulbahor,
Unda bahor husni bor
4-o’quvchi :
-Bilaman gul tilini
O’qiganman ilmini
Darrov ko’rsam taniyman ,.
Rango-rang ming xilini
5-o’quvchi :
-Chaman-chaman ochilar,
Bahor chog’i gullola.
Gulni yaxshi ko’radi ,
Katta kichik har bola.
6-o’quvchi :
-Chaman-chaman gul bog’m,
Ko’pdir mening o’rtog’im.
Keling,dostlar,o’rtoqlar,
Birga teraylik gullar.
7-o’quvchi:
-Asra qizil gulingni,
Saqla qizil gulingni
Bahosiga yetmasa
Sotma qizil gulingni
8-o’quvchi:
Ochildimi boychechak
Enli har yon gul demak.
Chunki bahor elchisi.
Shu mitti gul boychechak.
9-o’quvchi:
Ariq labiga boring,
Yo ko’pchilik, yo yolg’iz
Hammangizga birday teng
Atir purkar ko’k yalpiz.
10-o’quvchi:
Ariq labida yalpiz,
Atir ochgni sochgan.
Barg yozib yashnab gul qiz.
Quloq ochgani-ochgan.
1-boshlovchi:
Yurtdoshim, bog’inga bir nihol qada,
Bu nihol nomini “Yaxshilik” ata.
Niholning yoniga bir gul ekib qo’y,
Bu gulning nomini “Go’zallik “ deb qo’y,
Gul-u niholinga baxsh etib xayot,
Suv ber va bu suvga “Mehr”deb ot qo’y.
2—Boshlovchi:
Aziz bolajonlar hamda hurmatli tadbir qatnashchilari shuning bilan birga bugungi “Gullar va qushlar bayrami” nomli tadbirimiz o‘z poyoniga yetdi. Barchamiz Ona tabiatni asraylik, zero:
Tabiatning, go‘zalligi, sofligi,
Bizga kerak qanchalar,
Insoniyat taqdiri
Bog‘liq erur shunchalar .
Shunday ekan biz barchamiz ona tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim. Xayr sog‘ bo‘linglar!
Darsliklar
Gullar va qushlar bayrami tadbir ssenariysi