
GULIOB haqida malumot bilib oling.
GULIOB — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Surxondaryoni tashkil etuvchi Toʻpolondaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining jan. yon bagʻirlaridagi past togʻ va adirlardagi buloqlardan boshlanuvchi 9 ta irmoqning qoʻshilishidan qosil boʻladi. Uz. 27 km, havzasining mayd. 60 km2. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Suvining 70—80% mart—iyunda oqib oʻtadi. Bu vaqtda suv sarfi 13,5 m3/sek ga yetadi. Kam suvli davrida quyi qismida Guliob oʻzani koʻpincha quruq boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 190 l/sek. Guliobdan Guliob, Gazarak qishloqlari yerlari sugʻoriladi.
Ensiklopediya.uz
GULIOB