GULDURSUN QALʼASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GULDURSUN QALʼASI haqida malumot bilib oling.

GULDURSUN QALʼASI — Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl sh. dan 9 km shim. da joylashgan qalʼa xarobasi (mil. av. 2—1-a. — mil. 13-a. boshi). Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (mayd. 35 ga), shinaqli va burjli 2 qator paxsa devori boʻlgan. Mil. 5-a. da nomaʼlum sabablarga koʻra, vayrona holiga kelgan. Taxm. 12-a. 1-yarmida qayta tiklanib, xorazmshohlar davlatining dasht chegarasidagi muhim istehkomi hisoblangan. 13-a. boshida moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Turar joy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari, mis tangalar va b. topilgan.

Ensiklopediya.uz
GULDURSUN QALʼASI