
GULDON haqida malumot bilib oling.
GULDON — I) gul solib qoʻyiladigan, uy va jamoat joylarida ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, yogʻoch, tosh, kumush, tilla kabilardan yasaladi. Jahonning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan Oʻrta Osiyoda ham qadimdan mavjud. 6—12-a. larda Quva. Dulbuk, Isfara sh. larida rangli shisha G. lar yasash rasm boʻlgan. 14—15-a. larda xon saroylariga kumush va tilla Guldonlar qoʻyilgan. 18—19a. larda asosan naqshli sopol G. lar tayyorlangan. Hozir Guldonlar chinni va kulollik z-dlarida ishlab chiqarilmoqda (yana q. Vaza);
2) amaliy sanʼat (naqqoshlik, miskarlik, zargarlik, kashtachilik va b.)da Guldonning badiiy qiyofasi turli shakllarda tasvirlanadi.
Ensiklopediya.uz
GULDON