
GULA haqida malumot bilib oling.
GULA (fors. — eshilgan ip) — toʻquv dastgohi (doʻkoni) da tanda nax (ip) larini ikkiga ajratib, moki oʻtkaziladigan kom (oraliq) ochishga xizmat qiladigan asbob. G. ikki xil boʻladi: I) ipgula — jimjiloq yoʻgʻonligidagi ikkita qaragʻay choʻp hamda gulzanjiralardan iborat boʻlib, qoʻldoʻkon va mashinadoʻkonda ishlatiladi;
2) simgula — temirdan yasalgan ikkita javza hamda oralaridan nax oʻtadigan ingichka simlar; toʻquv dastgohida ishlatiladi. Gulaning uzunligi toʻqiladitan tandaning eni, naxlarning bogʻi va miqdoriga bogʻliq. Tanda necha tepkili doʻkonda toʻqilishiga qarab, bir tandada ikkitadan (toʻrt qanotlida), toʻrttadan (sakkiz qanotlida), sakkiztadan (oʻn olti qanotlida) Gula koʻtariladi.
Ensiklopediya.uz
GULA