Gul o‘stirolmagan bola
Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi. Manba: Gul o‘stirolmagan bolaGul o‘stirolmagan bola
DO`STLARGA ULASHING:
“Kimki shu urug‘dan eng chiroyli gul yetishtirsa shu mening o‘g‘lim yoki qizim bo‘ladi”,- deb e’lon qilibdi.
Hamma bolalar urug‘ni ekib, parvarish qila bosh-lashibdi.
Rustambek degan bola ham urug‘ni ekib, rosa parvarish qilibdi. Lekin bir oy o‘tsa hamki, gultuvakka ekilgan urug‘ qilt etmasmish.
“Bu qanaqasi bo‘ldi?” ̶ debdi hayron bo‘lib Rustambek, u axiri onasidan so‘rabdi.
— Nega men ekkan urug‘ unib chiqmayapti?
Onasi ham shundan tashvishlanib yurgan ekan:
— Tuprog‘ini yangilab ko‘r-chi, — debdi.
Rustambek gultuvakdagi tuproqni almashtiribdi. Bu safar ham urug‘ ko‘karmabdi.
Qirol gullarni ko‘radigan kun yetib kelibdi. Hamma bolalar yasanib-tusanib, tuvakda o‘zlari o‘stirgan gullarni ko‘tarib yo‘lga chiqishibdi. Ularning hammasi valiahd bo‘lish orzusida ekan. Negadir qirol gullarga qarab hamma bolalarning oldidan o‘tib ketaveribdi. Uning chehrasida shodlikning uchquni ham ko‘rinmabdi.
U bir uyning oldida bo‘sh tuvak ko‘tarib yig‘lab turgan Rustambekni ko‘rib qolibdi.
— Nima uchun sen bo‘sh tuvak ushlab turibsan? — deb so‘rabdi.
Rustambek piq-piq yig‘lab, kunlardan bir kuni birovning bog‘idan egasiga bildirmasdan olma uzganini, shuning uchun bo‘lsa kerak, qancha urinsa ham urug‘ni undira olmaganini gapirib beribdi.
Bu gapni eshitib qirol Rustambekni ko‘rsatib:
— Mana mening pok vijdonli o‘g‘lim,- debdi.
Odamlar orasida g‘avur-g‘uvur boshlanibdi:
— Qirol nima uchun gultuvagi bo‘sh bolani o‘g‘il qilib oldi?
Shunda qirol tushintirib beribdi:
— Ey xaloyiq, men bolalarga ulashgan gul urug‘i qaynatilgan edi.
Shundan keyingina odamlar qirolning fikrini maqullashibdi. Rang -barang gullar ko‘tarib turgan bolalarning yuzlari uyalganlaridan qip-qizarib ketibdi. Chunki ularning hammasi boshqa gul urug‘i topib ekkan ekanlar-da.
Gul o‘stirolmagan bola