GUK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUK haqida malumot bilib oling.

GUK, Xuk (Nooke) Robert (1635.18.7, Uayt o. — 1703.3.3, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. Guk havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, koʻzguli teleskop, shamol kuchini oʻlchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan («hujayra» soʻzini fanga Guk kiritgan). X. Gyuygens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qoʻyilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi bogʻlanish qonunini kashf etgan (q. Guk qonuni). G. osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbitalar boʻyicha harakatlanishini aniqlagan. Yorugʻlikning toʻlqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.

Ensiklopediya.uz
GUK