GUDKOVA Yekaterina Akimovna haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUDKOVA Yekaterina Akimovna haqida malumot bilib oling.

GUDKOVA Yekaterina Akimovna (1928.26.1, Toshkent) — xor dirijyori, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1950). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida (1947—56), Toshkent konservatoriyasida (1953-y. dan) oʻqituvchi, dotsent (1967-y. dan), xor dirijyorligi kafedrasi mudiri (1979—88). Oʻzbekistonda xor sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Ensiklopediya.uz
GUDKOVA Yekaterina Akimovna