GUANAKO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUANAKO haqida malumot bilib oling.

GUANAKO (Lama guanacoe) — tuyasimonlar oilasining lamalar urugʻiga kiradigan sut zmizuvchi hayvon. Tanasining uz. 120 — 175 sm, yagrinidan balandligi 90 — 100 sm, ogʻirligi 48 — 96 kg. Fakat Jan. Amerikaning aholi kam yashaydigan And baland togʻli chalachoʻl mintaqasida yashaydi. Poda boʻlib yuradi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Xonaki lamalarning yovvoyi ajdodi (q. Lamalar).

Ensiklopediya.uz
GUANAKO