GRUNT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRUNT haqida malumot bilib oling.

GRUNT (nem. Grand — asos, tuproq) — asosan nurash zonasida joylashgan togʻ jinsi (tuproq bilan birgalikda) qatlami. Grunt qoyali (granit va b.), metamorfik (gneys) va baʼzi choʻkindi jinsli (ohaktoshlar, qumtoshlar va b.), yarim qoyali (mergel va b.) va yumshoq boʻlishi mumkin. Yumshoq Gruntlar Yer yuzasida keng tarqalgan. Zarralar oʻlchamiga qarab gilli (0,005 mm), changli (0,05—0,005 mm) va qumli (2—0,05 mm) boʻladi. Qurilish amaliyotida bino va inshootlarning tagzamini boʻlgan yoki tuproqli inshootlarni (damba, koʻtarma, toʻgʻon) tiklashda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turli togʻ jinslari xam Grunt deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
GRUNT