Grippning tarixi va dunyo bo‘ylab tarqalishi
Mavzu davomida
Gripp tarixi
Yilning sovuq paytida aholini eng ko‘p qiynaydigan kasallik bu gripp hisoblanadi. «Gripp” so‘zi fransuzcha «gripper” so‘zidan olingan bo‘lib, «egallash”, «tarqalish” degan ma’nolarni anglatadi. Gripp azal-azaldan insoniyatga tajovuz qilib kelgan. Ilk kasallik xaqida ma’lumot eramizdan avval 412 yilda tib allomasi Gippokrat tomonidan qayt etilgan. Bu kasallik vabo, o‘lat, ich terlama kasalliklari kabi yovuz va xavfli hisoblangan. Gripp o‘choqlari 1173 yilda ham butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan.
Tarixiy xujjatlarda qayd qilinishicha, birinchi gripp pandemiyasi (ya’ni, turli mamlakatlar axolisining to‘satdan grippga chalinishi) 1580 yilda sodir bo‘lib, millionlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan. 1920-1922 yillarda bo‘lib o‘tgan mashhur «ispanka” grippi eng kuchli gripp pandemiyasi hisoblanib, 20 milliondan ortiq odamlarni olib ketgan. «Ispanka”dan yer kurrasining 40 foiz aholisi qattiq zararlangan. Kasallik Xitoyda boshlanib AQSh, Fransiya, Ispaniya, Italiya davlatlarida keng tarqalgan, atiga 10 oy ichida kasallik butun dunyoga yoyilgan. Aholi orasida odam ertalab sog‘ sanalsa, to‘satdan tushlik vaqtida kasallik alomatlari paydo bo‘lib kechki paytga kelib vafot etishgan.
1957-1958 yillarda Osiyo gripp pandemiyasi bo‘lib o‘tgan. Kasallik 1957 yilda uzoq Sharqdan boshlanib, tezlik bilan butun dunyo mamlakatlariga tarqalgan. Shu davrda AQShning o‘zida 70.000ga yaqin inson olamdan o‘tgan.
Grippning dunyo bo‘ylab tarqalishi
Gripp virusining sirli tomoni shundaki, kasallik hamma vaqt ham insonni bezovta qilmaydi. Odatda epidemiya (bir mamlakat hududida grippning tarqalishi) shimoliy yarim sharqda yilning kuz va qish, janubiy yarim sharqda esa bahor va yoz mavsumlarida yuzaga keladi. Epidemiyaning davomiyligi 1-3 oyni tashkil etadi. Bu vaqtdan keyin gripp yana yo‘qolib ketadi. Aholi zich joylashgan shaharlarda grippga chalinish holatlari ko‘proq uchraydi.
1 milliondan ortiq aholi yashaydigan shaharlarda kasallikka chalinish 29,7 foiz, 500 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan shaharlarda 22-24 foizgacha uchraydi. Yilning sovuq paytida aholi asosan yopiq joylarda to‘plangani sababli kasallikka chalinish xavfi kuchayadi. Shu sababli grippga asosan uyda o‘tiradigan keksalar, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar chalinadi. Janubiy yarim sharda gripp may-sentyabr oylarida uchrasa, tropik xududlarda kasallik yilning barcha mavsumlarida uchraydi. Kasallik ayniqsa, ob-havo o‘zgarishi paytida ( masalan, Xindistonda yomg‘ir mavsumida) uchraydi.
Kasallikning oldini olish va emlash
Emlashda ishlatiladigan vaksinalar rivojlanishining darajasiga qarab ularning sifati yahshilanishi barobarida doimiy ravishda takomillashib boradi. Hozirgi kunda uchinchi avlod vaksinalar ishlab chiqarilmoqda. Birinchi avlod vaksinalari gripp viruslari tarzida ifodalanib, ular faqat sun’iy ravishda zaiflashtirilgan yoki oldindan o‘ldirilgan bo‘ladi. Ikkinchi avlodga mansub » vaksigripp” , «vakflyu”, «split” deb nomlangan vaksinalar mavjud bo‘lib, ular ichki va tashqi gripp viruslari antitanalarining aralashmagan qism tarzida ifodalanadi.

So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yuqori texnologiyalar tufayli yuqori darajada tozalangan 3-avlod vaksinalarini ishlab chiqarish imkonini berdi. Ular Niderlandiyada ishlab chiqarilgan. «Inflyuvak” va Rossiyaning «Grippol” vaksinalari misol bo‘la oladi. Vaksinalar 2 ko‘rinishdagi o‘ramda chiqariladi. Ularning miqdori bir martalik ishlatiladigan asl (original) shprisda hisoblanadi. O‘ram ichidagi ampulalar 10-20 miqdorli vaksinalar va bir martalik shprislar beriladi. Vaksinani xona haroratida va muzlatgichda uzoq ushlab bo‘lmaydi. Sifatsiz vaksinalarni sotib olishdan ehtiyot bo‘lish kerak, ularni xususiy shaxslardan xarid qilish mumkin emas. Sababi u issiq darajada saqlangan bo‘lsa ziyoni ko‘pdir. Emlash faqat shifokor ko‘rigidan so‘ng poliklinikalarda yoki emlash xonasida amalga oshiriladi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Grippning tarixi va dunyo bo‘ylab tarqalishi