Grippni xalq tabobati usulida davolash
Gripp umumiy intoksikasiya, harorat ko‘tarilishi, darmonsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish va nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.
Savol tug‘iladi: gripp bilan shamollashning nima farqi bor?
Gripp shamollash emas,oddiy shamollagan odam uyda bir kun yotib, keyin yo‘talishiga va burun bitishiga qaramasdan ishga borishi mumkin. Gripp esa insonni kamida bir xafta to‘shakka yotqizib qo‘yadi. Buning ustiga, branxit, pnevmaniya kabi asoratlari bilan salomatlikka jiddiy tahdid solishi mumkin.
Mavzu davomida
Grippning yuqishi
Gripp infeksiyasi bemordan sog‘lom odamga havo tomchi yo‘li orqali yuqadi. Gripp virusi bemorning nafas yo‘llaridagi shilliq qavatlardan aksa urganda, yo‘talganda, suxbatlashganda nixoyatda katta miqdorda ajralib, bir necha daqiqa havoda saqlanadi. Qisqa muddatda bemor atrofi zararlaninishi mumkin bo‘lgan (2 3 ml) hudud hosil bo‘ladi. Shuning uchun shifokorlar grippni oyoqda o‘tkazmaslikni, bemor atrof-muhitini zararlashini (transportda) ishxonalarga bormaslik talab etiladi. Bemor aks o‘rganda og‘zini maxsus niqobda yopishi bilan havodagi gripp viruslari 70 barobar kamayadi. Bundan tashqari gripp bemor foydalangan asbob-uskunalar, uy-ro‘zg‘or jihozlari, idish-tovoq, keyin emizikli bolalarda so‘rg‘ich orqali o‘tadi.
Gripp kasalligining belgilari
Gripp bilan har qanday kishilar yilning to‘rt faslida kasallanishi mumkin. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi organizmda 1-2 kun (ba’zan bir necha soat) ichida hech qanday kasallik belgilarisiz kelishi mumkin. Bu davrda ayrim bemorlarda lohaslik, et uvishishi, bo‘g‘inlarni zirqirishi, muskullarda og‘riq kuzatiladi. Tana harorati 37,1 darajaga ko‘tariladi. Gohida kasallik keskin boshlanadi, isitmalaydi (37-40 darajagacha), boshi aylanadi, og‘riydi, darmoni quriydi, ko‘ngli aynishi, qayt qilishi mumkin. Yuzi qizaradi, ko‘zi lo‘qillaydi.

Kasallikning dastlabki soatlarida yoki ertasiga burun bitib qoladi, tumov paydo bo‘ladi, tomoq qichishadi, quruq yo‘tal tutadi. Yutinganida tomoq og‘riydi, ba’zan ko‘z yoshlanadi. Bemor yorug‘likka qaray olmaydi, isitma 2-4 kungacha davom etadi, so‘ngra normaga tushadi. Lekin lohaslik, darmonsizlik uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Og‘ir gripp turida tana harorati 40-40,5 darajaga ko‘tariladi. Yuqoridagi qayd etilgan belgilar kuchayib, talvasa (oyoq-qo‘lning tortilishi), ko‘zga yo‘q narsalar ko‘rinishi, burundan qon oqishi, ko‘ngil aynishi va tinmay qusish holatlari kuzatiladi.
Gripp kasalligining asoratlari
Gripp virusi bemorning nafas yo‘llarida ko‘payadi. Insonning nafas yo‘llarining epitelial to‘qimasi viruslar juda ko‘p keladi. U yerda ular nihoyatda tez rivojlanib, organizmni zimdan zararlaydi. Epitelial to‘qimaning inson tanasidagi vazifasi nafas yo‘llarini chang zarrachalari, bakteriya, mikroblardan tozalashdir. Virus ta’sirida epiteliy o‘zining himoyalovchi vazifasini bajarolmay, zararli bakteriyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pkaga kiradi. Grippning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri o‘pka zotiljamidir. Zotiljamni aynan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Birlamchi virusli zotiljam o‘limga olib kelishi mumkin. Xaqiqiy birlamchi virusli grippoz zotiljam, avvalo, surunkali yurak, o‘pka kasalliklariga chalingan insonlarda kuzatiladi.
Grippdan keyingi asoratlar sifatida bemorlarda quloq, tomoq-burun a’zolarining yallig‘lanishi (renit, sinusit, bronxit, otit) vujudga kelishi mumkin. Bu kasalliklar bemorda burun oqishi (tumov), tomoq qizarishi, og‘rishi, quloq oqishi kabilar bilan namoyon bo‘ladi. Yurak qon-tomir tizimidagi buzilishlar odatda keksa yoshdagi kishilarda kuzatilib, yurak mushaklarining yallig‘lanishi (miokardit), rivojlanib o‘tkir yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Yosh bolalarda grippning o‘tishi ularning siydik yo‘llariga ta’sir qilib, surunkali buyrak xastaliklarini keltirib chiqaradi. Gripp virusi bemorning bosh miyasini zararlasa, miningit va ensifalet kasalliklari vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari grippdan keyin bemor chalingan surunkali kasalliklar (bironxalin astma, surunkali bronxit, yurak qon-tomir kasalliklari qandli diabet buyrak kasalliklari) qaytalanishi va zo‘rayishi kuzatiladi.
Kasalligini davolash
Kasallikka chalingan bemor, albatta yotish rejimiga qat’iy amal qilish kerak. Grippning asosiy xavfi unda qoladigan asoratidadir. Bunda inson organizimi turli mikrob va bakteriyalar oldida himoyasiz qoladi. Biz shifokorlarning qat’iy talabimiz bemor kasallikka chalingandan so‘ng 7-10 kun yotish rejimiga amal qilishi kerak.
A) Bemor o‘rin-ko‘rpa qilib yotishi, xonadagi pardalar to‘silgan bo‘lishi kerak, chiroq ko‘zga urinmasligi zarur:
B) Tana harorati 38 Sga yetsa yoki yuqori bo‘lsa aspirin yoki parasitamol berish kerak. Bosh og‘rig‘ni bartaraf qilish uchun analgin, agar yoningizda dori vositalari bo‘lmasa toza matoni spirt yoki iste’mol sirkasi sovuq suv ila aralashtirib bemor peshonasiga qo‘ying.
V) Aspirinni doktor tavsiya etgan polirem, arbidol kabilar bilan ichgan ma’quldir. Yoki bo‘lmasa antigrippin, koldreks, rinza, grippkold, imudon, INSTI choylari kabilar qabul qilishi;
G ) Gripdan oq-qon tanachalari ( leylosit)lardanolinadigon interferon dorisini burun bo‘shlig‘i atrofiga oksalin surtmasi, » DOKTOR MOM «, Linkas, Rulon malhamlaridan surtish ;
D ) Organizmni sezuvchanligini inobatga olib demidrol, suprastin, tavegil, diazolin kabilar qo‘llaniladi;
E) Burun bitishiga qarshi pinosol, bolalarga (nazol, bebi, rino, nazevin), nafas yo‘llaridagi balg‘amni tezroq ko‘chirish uchun mukaltin, bronxolitin, shirinmiya yoki gulxayri tindirmasi, yo‘talga qarshi pektusin, tusupreks, bronxolitin, apdil-total, libeksin, bromgeksin kabi dori vositalari shifokor tavsiyasi bilan ichilishi kerak.
Bemorning taomi
Bemorga tez hazm bo‘ladigan, suvda pishirilgan guruch, sho‘rva va qaynatma sho‘rva, shiringuruch, bo‘tqalardan iborat ovqatlar beriladi. Organizmni zaharli moddalardan tozalash maqsadida bemorga ko‘p miqdorda suyuqlik beriladi, apensil, olma sharbatlari, na’matak, qorag‘at va moychechak o‘tidan tayyorlangan damlamalar, limon va asalli choy ichiriladi. Organizmning immunitetini oshirish maqsadida gripning har qanday turida vitamin A, V, S, D, E bo‘lgan qo‘shimchalar kattalar va bolalar uchun (jungli-bebi), (jungli-kids), alfavit, revit, pregnavit, vitrum qabul qilish zarur.
Gripp bo‘lgan bemorning xonasiga isiriq tutatib turing yoki xonaning har burchagiga sarimsoqli piyozni maydalab to‘rg‘ab tarelkaga solib qo‘ying.
Bemorga alohida idish-tovoq ajratiladi, uni 1 foizli soda yoki 0,5 foizli xlorli ohak eritmasida 5 daqiqa qaynatiladi. Bemor ishlatgan buyumlar har qanday yuvish vositasida 15 daqiqa qaynatiladi. Pol va uy-ro‘zg‘or jihozlari kuniga ikki marotaba 0,5 foizli xlorli ohak eritmasida ho‘llangan latta bilan artiladi.
Xalq tabobati usulida davolash
- Kishi grippga chalinganda sarimsoq piyoz yordam beradi. Piyoz tozalanib, mayda archiladi. So‘ngra idishga solinib 2-3 daqiqa davomida hidlanadi.
- Bundan tashqari bug‘li ingalyasiyalar, moychechak, kartoshka bo‘tqasi, soda eritmasi ustida 2-5 daqiqa davomida boshni o‘rab, chiqayotgan bug‘dan nafas olish tavsiya etiladi.
- Yerqalampir (xren) o‘tini yaxshilab yuvib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Toza idishga solib ustidan 2-3 dona limon suvi siqiladi. Bu aralashma kuniga ikki mahal yarim choy qoshiqdan ichiladi. Bu sharbat nafaqat gripp, balki astma va gaymaritda ham yaxshi yordam beradi.
- Gulmasut o‘tidan bir osh qoshiq olib, choynakka solinadi, ustidan qaynoq suv quyib, kun davomida choy o‘rniga ichiladi.
- Qariqiz o‘tidan bir osh qoshiq solib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi. Bu damlama kuniga ikki mahal nahorda ichiladi. Damlama gripp, tumov, hatto zotiljamni davolaydi.
- Yarim kilogramm piyoz, yarim piyola toza asal va 4 piyola shakarni aralashtirib, 3 soat davomida past olovda qaynatiladi va sovutib, sirli idishga solinadi, 4-5 mahal bir osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, shamollash, ovoz yo‘qolishi, ko‘k yo‘tal, o‘pka kasallilarida juda qo‘l keladi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Grippni xalq tabobati usulida davolash