Gripp yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan shaxslar ma`lum qilindi

Gripp yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan shaxslar ma`lum qilindi

Gripp yuqtirish va uning og`ir asoratlarini boshidan o`tkazish xavfi yuqori bo`lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda

Unga quyidagilar kiradi:

— homilador ayollar;

— 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma`lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;

— 60 yoshdan oshgan shaxslar;

— 6 oylikdan 59 oylikkacha bo`lgan bolalar;

 — tibbiyot xodimlari;

— “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Gripp yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan shaxslar ma`lum qilindi