GRINVICH MERIDIANI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRINVICH MERIDIANI haqida malumot bilib oling.

GRINVICH MERIDIANI, boshlangʻich meridian, nolinchi meridian — Yerda geografik uzunliklarni hisoblashda shartli ravishda boshlangʻich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga muvofiq, Grinvich astronomiya rasadxonasidan oʻtadi. Grinvich meridiani geografik uzunliklar hisobi olinadigan boshlangʻich meridian boʻlib, nolinchi soat mintaqasining oʻrta meridiani hisoblanadi (q. Vaqt). G. m. dagi mahalliy oʻrtacha quyosh vaqti astronomiyada keng qoʻllaniladi. (q. Dunyo vaqti).

Gʻarbda bir qancha mamlakatlar 1884-y. gacha uzunliklarni oʻlchashda Parij, Berlin, Rim, Nankin kabi poytaxt yoki yirik shaharlar rasadxonalari, Rossiyada 19-a. gacha Sankt-Peterburg sh. yaqinidagi Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridianlarni oʻzlari uchun boshlangʻich meridian qilib olganlar. Qadimda va oʻrta asrlarda xarita tuzishda Sharqda Ujjayn sh. (Hindiston), Xoʻjand sh., Ferro o. (Kanar o. lari)dan oʻtgan meridiandan boshlangʻich meridian sifatida foydalanganlar.

Ensiklopediya.uz
GRINVICH MERIDIANI