GRINBERG Aleksandr Mixaylovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRINBERG Aleksandr Mixaylovich haqida malumot bilib oling.

GRINBERG Aleksandr Mixaylovich (1924.19.6 Odessa — 1997.3.7, Toshkent) — aktyor va rej. Oʻzbekistan xalq artista (1974). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1949). 1955-y. dan Samarkand rus drama teatrida aktyor va rej., 1964 — 87 y. lar bosh. rej. 1987-y. dan Toshkent davlat madaniyat in-tida dotsent. Eng yaxshi rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Osvald («Arvoh»), RustamParanji sirlari»), Hamlet («Hamlet»), Arbenin («Maskarad»), Mirzo Ulugʻbek («Mirzo Ulugʻbek»), Devyatoye («Imzo») va b. Sahnalashtirgan eng yaxshi spektakllari: «Jalalar oraligʻida», «Amerika fojiasi», «Momaqaldiroq», «Qizbuloq», «Quturgan pullar» «Vanya togʻa». «Medeya», «Krechinskiyning toʻyi», «Qiyomat qarz» va b.

Ensiklopediya.uz
GRINBERG Aleksandr Mixaylovich