GRIJA QANDAY PAYDO BULADI?
GRIJA QANDAY PAYDO BULADI? — Umurtqa churralarining yuzaga kelish sabablari haqida turli farazlar mavjud. Keling, ularga aniqlik kiritsak. Demak, umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar sabablari quyidagicha bo‘lishi mumkin: kun davomida bir xil holatda bukchayib ish bajarish; qomat holatining buzilishi; jismoniy zo‘riqish, muntazam og‘ir yuk ko‘tarish; umurtqa pog‘onasining tug‘ma nozikligi; tana vaznining me’yordan ortiqligi; keksayish tufayli umurtqada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar; moddalar almashinuvining buzilishi; kamharakatlilik; virusli kasalliklar asorati; umurtqa sohasidagi jarohat, lat yeyish, shikastlanishlar. Mazkur omillar tufayli umurtqa tanalari orasidagi disklar ezilib, ustida mayda yoriqlar paydo bo‘ladi. Asta-sekin umurtqani ushlab turuvchi va harakatlantiruvchi fibroz halqalar yorilib, ichidagi tog‘aysimon jism orqa miya kanaliga o‘tadi va buning natijasida kanal torayib orqa miya siqiladi. Shu tariqa umurtqa churrasi yuzaga keladi. @doridarmonlarGRIJA QANDAY PAYDO BULADI?
DO`STLARGA ULASHING:
GRIJA QANDAY PAYDO BULADI?