GRIFFIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRIFFIT haqida malumot bilib oling.

GRIFFIT (Griffi th) Deyvid Uork (1875.22.1, La Greynj – 1948.23.7, Gollivud) — amerika kinorejissyori. AQSH kinosida aktyorlik maktabiga asos solgan. Kinoda 1907-y. dan ishlagan. 1913-y. dan Gollivudda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson boʻlgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni birinchi boʻlib qoʻllagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. Griffitning gʻoyaviy jihatdan bir-biriga qaramaqarshi ijodi namoyon boʻlgan: «Millatning tugʻilishi»da irqchilik tendensiyasi ilgari surilgan boʻlsa, «Jahon yuragi» filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. «Chidamsizlik» kinosida axloq-odob va etik muammolar koʻtariladi. Shuningdek, «Sindirilgan novdalar», «Sharq tomon yoʻl», «Ikki yetimcha» filmlari ham Griffit ijodida alohida oʻrin tutadi. 1931-y. kinoni tark etgan.

Ensiklopediya.uz
GRIFFIT