GREYZEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GREYZEN haqida malumot bilib oling.

GREYZEN (nem. Greisen parchalanish) metasomatik yoʻl bilan kelib chiqqan togʻ jinsi. Asosan kvars va tiniq slyudalarlepidolit va muskovitdan iborat. Koʻpincha sanoatda ajratib olish maqbul boʻlgan darajada orasira qimmatli ruda minerallari (kassiterit, volframit, tantalit va b.) aralashgan boʻladi; bunday hollarda ularga ruda jinslari deb qaraladi. Qatlamlari, odatda, granit massivlarida, aksari ularning chekkalarida joylashgan boʻladi. Greyzen greyzenizatsiya, yaʼni granit jinslarining magmadan ajralib chiqqan gaz va suyuq qorishmalar taʼsirida oʻzgarishidan vujudga keladi. Natijada dastlabki jinslar Greyzenga aylanadi. Oʻzbekistonning Zirabuloq-Ziyovuddin va Chatqol-Qurama toglarida uchraydi. Greyzen nodir metallar va qimmatbaho toshlar (topaz, berill va b.) qazilmalarini izlab topishda yetakchi belgi xisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
GREYZEN