GREK TILI haqida malumot bilib oling.
GREK TILI — Hind-yevropa tillari oilasining grek guruhiga mansub. Jan. Balqon ya. o. va unga chegaradosh Ioniya va Egey dengizi boʻylarida hamda Jan. Albaniya, Misr, Jan. Italiya hududlarida tarqalgan. Bu tilda Gretsiyada 9,3 mln., Kiprda 530 mingdan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-y. lar oʻrtalari). Gretsiya va Kiprning (turk tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. Grek tili Qad. Maketon tili bilan qarindoshdir. U tarixan 3 davrga boʻlinadi: qad. (yunon tili), oʻrta (5—7-a. lar), yangi (15-a. dan boshlab) Grek tili Bu tilda turli shevalar mavjud. Mazkur til boy adabiyotga ega. Qad. grek (yunon) tilida yozilgan tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.
Grek tilida 5 unli fonema, yuqori va quyi tishlar oraligʻida talaffuz qilinuvchi undoshlar mavjud. Morfologiyasida murakkab feʼl zamonlari va buning analitik shakllari bor. Gap tuzilishiga koʻra soʻzlar erkin tartibga ega. Grek tili lugʻat tarkibida roman, slavyan va turkiy tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Yozuvi yunon alifbosi asosida.
Ensiklopediya.uz
GREK TILI