GRANULOMETRIYA haqida malumot bilib oling.
GRANULOMETRIYA (lot. granulum donacha va…metriya) , granulometrik tahlil, mexanik tahlil — boʻsh togʻ jinslari, tuproq va sunʼiy materiallarning turli oʻlchamli fraksiyalarini aniqlash usullari majmuasi. Chaqiq togʻ jinslari (qum, shagʻal va b.), gil va b. gilli jinslar hamda tuproqlar turli oʻlchamli organik va mineral zarralardan tashkil topgan. Bu zarralar oʻlchamiga qarab Granulometriyada kompleks yoki fraksiyalarga ajratiladi. Granulometriya (mexanik) taxlilda granulometrik fraksiyalarga ajratiladi. Granulometriya (mexanik) tahlilda granulometrik fraksiyalarning miqdori foizda aniqlanadi. Oʻlchami 2 mm dan katta va oʻrtacha, yoki 2 mm dan 0,05 mm gacha boʻlgan qum zarralari — elaklarda ajratiladi. Zarra yoki changsimon (0,05 mm dan 0,002 mm gacha) va gilli (0,002 mm dan kichik) fraksiyalar tinch holatdagi suvda zarralarning choʻkish tezligi boʻyicha yoki sentrifuga yordamida ajratiladi. Togʻ jinsi u yoki bu fraksiyalarning koʻpligiga qarab nomlanadi.
Tahlil natijalari sonli jadvallar yoki chizmalar holida tasvirlanadi. Granulometriya togʻ jinslarini hosil boʻlishi, ularning suv, neft va gazlarni oʻzidan oʻtkaza olishi va b. xususiyatlarini oʻrganadi.
Ensiklopediya.uz
GRANULOMETRIYA